O‘zgidromet xalqaro xamkorlikni kengaytirmoqda
2026-06-02 14:00:00 / Rahbar faoliyati

Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Eco Expo Central Asia 2026” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zgidromet agentligi qator xorijiy hamkorlar bilan memorandumlar imzoladi.
Ular gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi, ekologik monitoring, suv resurslarini boshqarish va raqamli texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Jumladan, Fransiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Belarus, Xitoy va Rossiyaning yetakchi tashkilotlari bilan ob-havo prognozlari sifatini oshirish, issiqxona gazlari hisobini yuritish, suv resurslarini raqamlashtirish hamda zamonaviy monitoring tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishildi.
Mazkur memorandumlar O‘zgidromet faoliyatini modernizatsiya qilish, xalqaro tajribani joriy etish va gidrometeorologik xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.


