O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 8-12-IYUN KUNLARIGA OB-HAVO
2026-06-08 10:25:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ertaga 9 iyunda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda, shuningdek, kechasi va ertalab Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
10-12 iyun kunlari respublika hududining katta qismida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Cho‘l hududlarda 8 iyunda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati asosan 32-37 daraja, janubda 39 darajagacha bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 8-12 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat
35-37 daraja bo’ladi.
Ertaga 9 iyunda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 10-12 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 21-23 daraja, kunduz kunlari 33-35 daraja bo‘ladi.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
O‘zgidromet
2026-yil 8-iyun
