O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 5-7-IYUN KUNLARIGA OB-HAVO
2026-06-05 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 28-33 daraja atrofida, janubda 34-36 darajagacha bo‘ladi.
6-7 iyun kunlari Respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 6 iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlari va 7 iyunda Qoraqalpog’iston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati ushbu kunlarda asta-sekinlik bilan ko’tarilib, yakshanba kuni kunduzi 34-37 darajagacha yetadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Respublikaning shimolida 7 iyunda 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-7 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 30-32 daraja bo’ladi.
Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuniga harorat shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 34-36 daraja bo‘ladi.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
O‘zgidromet
2026-yil 5-iyun
