7-14-IYUN KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-06-05 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat 7-8 iyunda Qoraqalpog’iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 va 10 iyunda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi, 7-8 iyunda ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, faqat 8 va 11-14 iyunda 17-22° bo’ladi, kunduzi 28-33°dan 32-37° gacha o’zgarib turadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 va 9-10 iyunda baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°, faqat 9-10 iyunda 30-35° bo’ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37°, faqat 9-10 iyunda 30-35° bo’ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 iyunda baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 7 iyunda 33-38°, 8-14 iyunda 35-40° bo’ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7 iyunda 16-21°, 8-10 iyunda 18-23°, kunduzi 32-37°, faqat 9-10 iyunda 30-35°boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7 iyunda 10-15°, 8-14 iyunda 12-17° bo’ladi, kunduzi 18-23° dan 23-28° gacha o’zgarib turadi.
