27-MAY 3-IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-05-25 11:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 27-mayda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 28-may 3-iyunda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-30-mayda baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha, 27-mayda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20° dan 19-24° gacha
o’zgarib turadi, kunduzi 27-mayda 28-33° bo’ladi, 28-29 mayda 33-38° gacha ko’tariladi, 30-may 3-iyunda 30-35° boʻladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 27 va 31 mayda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 28-30-may va 1-3 iyunda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha, 27-mayda cho’l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-28-mayda 15-20° bo’ladi, 29-may 3-iyunda 19-24° gacha ko’tariladi, kunduzi 27-mayda 28-33° bo’ladi, 28-31 mayda 33-38° gacha ko’tariladi, 1-3-iyunda
30-35° boʻladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 27-may va 31-may 1-iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 28-30 may va 2-3-iyunda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-mayda baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-30-mayda 15-20° boʻladi, 31-may
3-iyunda 19-24° gacha ko’tariladi, kunduzi 27-mayda 25-30° bo’ladi, 28-31-mayda 30-35° gacha ko’tariladi, 1-3 iyunda 30-35° boʻladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 27-may va 3-iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 28-may 2- iyunda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-mayda baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 27-28 mayda 15-20° bo’ladi, 29-may 3-iyunda
19-24° gacha ko’tariladi, kunduzi 27-28-mayda 30-35° bo’ladi, 29-31-mayda 34-39° gacha ko’tariladi, 1-3-iyunda 33-38° boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 27-may va 31-may 3-iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 28-30 mayda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-mayda baʻzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20° kunduzi 27-29-mayda 27-32°, 30-may 1-iyunda 30-35°, 2-3-iyunda 28-33° boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI
Havo oʻzgaruvchan boʻladi, 27-28-mayda va 31-may 3-iyunda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-29-mayda 8-13°, 30-mayda 10-15° boʻladi, kunduzi 13-18° dan 17-22° gacha o’zgarib turadi.
