O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 25-31-MAY KUNLARIGA OB-HAVO
2026-05-25 11:35:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
26-27 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Ushbu kunlarda havo harorati 25-30 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 33-35 darajagacha bo‘ladi.
28 mayda respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 2-3 darajaga ko‘tariladi.
29-31 mayda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari 35-38 darajagacha ko‘tariladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, 25-28 mayda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Ayrim joylarda kuchli jala yomg‘ir yog‘adi, do‘l yog‘ishi ehtimoli bor. 29-31 mayda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. 25-31 mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 26-27 mayda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 26-28 daraja bo‘ladi.
26 mayda kechga tomon va 27 mayda kun davomida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26 mayda 28-30 daraja, 27 mayda 26-28 daraja bo‘ladi.
28-31 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin 33-36 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 26-27 mayda 10-12 m/s gacha kuchayadi.
O‘zgidromet
2026-yil 25-may
