22-29-MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-05-20 12:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Faqat 24-25 va 27 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-25 mayda ba’zi joylarda13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-25 mayda 13-18°, 26-29 mayda 15-20°,kunduzi 22 mayda 27-32°, 23-24 mayda 25-30°, 25-29 mayda 32-37° gacha ko’tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 22-24 mayda, ayrim joylarda kuchayishi mumkin, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 25 va 28 mayda yog‘ing‘archilik kutilmaydi. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-25 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin Harorat kechasi 17-22°dan 13-18° gacha o’zgarib turadi, kunduzi 22 mayda 27-32°, 23 mayda 23-28°, 24-29 mayda 32-37° gacha ko’tariladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-24 va 28 mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 23-24 mayda ayrim joylarda kuchayishi mumkin, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 25-27 va 29 mayda yog‘ing‘archilik kutilmaydi. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-24 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi, 22-24 mayda 22-27°, 25-29 mayda asta sekinlik bilan 30-35° gacha ko’tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-24 mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi,23 mayda ayrim joylarda kuchayishi mumkin, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 25-29 mayda yog‘ing‘archilik kutilmaydi. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-25 mayda 15-20°,26-29 may 17-22°, kunduzi 22 mayda 30-35°, 23 mayda 26-31°, 24-29 mayda 33-38° gacha ko’tariladi..
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-24 va 28 mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 22 va 24 mayda ayrim joylarda kuchayishi mumkin, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 25-27 va 29 mayda yog‘ing‘archilik kutilmaydi. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 va 28-29 mayda 15-20°, 25-27 mayda 13-18°, kunduzi 22 mayda 25-30°, 23-24 mayda 23-28°, 25-29 mayda asta sekinlik bilan 30-35° gacha ko’tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 22-24 mayda ba’zi joylarda kuchli yomg’ir yog’adi, ayrim hududlarda do’l yog’ishi mumkin. Shamol o’zgaruvchan yo’nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 22-25 mayda 13-18°, 26-29 mayda asta sekinlik bilan 22-27° gacha ko’tariladi..
