21-28-MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-05-19 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, faqat 25 va 27-28 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-25 mayda 13-18°, 26-28 mayda 15-20°, kunduzi 21-22 mayda 25-30°, 23 mayda 23-28° bo‘ladi, 24-28 mayda 29-34° gacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 21 va 23 mayda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, faqat 25-26 va 28 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 21-23 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 23-28°, 24-28 mayda kechasi 13-18° bo‘ladi, kunduzi 30-35° gacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 21 va 23 mayda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, faqat 25-26 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-24 mayda 15-20°, 25-28 mayda 13-18°, kunduzi 21 mayda 25-30°, 22-24 mayda 22-27° bo‘ladi, 25-28 mayda
30-35° gacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21-24 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi, 25-28 mayda yog‘ingarchilik kutilmvydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 va 23 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22°, faqat 24-25 mayda 15-20°, kunduzi 21-22 mayda
28-33°, 23 mayda 26-31° bo‘ladi, 24-28 mayda 33-38° gacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi, faqat 25-26 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 21 va 23 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-24 mayda 15-20°, 25-28 mayda 13-18°, kunduzi 21-22 mayda 25-30°, 23-24 mayda 23-28° bo‘ladi, 25-28 mayda 27-32° gacha ko‘tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 21-24 mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 21 mayda 17-22° bo‘ladi, 22-24 mayda 13-18° gacha pasayadi, 25-28 mayda 20-25° gacha ko‘tariladi.
