DAM OLISH KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-05-15 10:55:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 30-35 daraja atrofida, janubida va cho‘l hududlarda 37-39 darajagacha bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Shanba kuni faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati asosan kechalari 17-22 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja, janubda qva cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 39-41 darajagacha bo‘ladi.
15-16-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 17-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 20-22 m/s acha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 15-17-may kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: 15-16-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-mayda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 32-34 daraja bo‘ladi.
17-may – yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 34-36 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 16 mayda 10-12 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zgidromet
2026-yil 15-may
