17-24-MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-05-15 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17-19 va 22-23 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-21 va 24 mayda yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-20 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 17-18 mayda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-18 mayda 15-20°, 19-24 mayda 13-18°, kunduzi 17 mayda 32-37°, 18 mayda 27-32°, 19 va 22-24 mayda 25-30°, 20-21 mayda 28-33° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17 va 21 mayda yog’ingarchilik kutilmaydi, 18-20 va 22-24 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-20 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 17-19 mayda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17 mayda 17-22°, 18 mayda 19-24°, 19-24 mayda 15-20°, kunduzi 17 mayda 34-39°, 18 mayda 27-32°, 19 mayda 25-30°, 20-22 mayda 28-33°, 23-24 mayda 26-31° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17 mayda yog’ingarchilik kutilmaydi,
18-24 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-20 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°; 18 mayda kechasi 19-24°, kunduzi 30-35°; 19-20 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 25-30°; 21-24 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 21-23 mayda 28-33°, 24 mayda 25-30° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17 va 21 mayda yog’ingarchilik kutilmaydi,
18-20 va 22-24 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-20 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 17-19 mayda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17 mayda 19-24°, 18 mayda 20-25°, 19-24 mayda 17-22°, kunduzi 17 mayda 36-41°, 18 va 20-24 mayda 32-37°, 19 mayda 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17-18 va 22 mayda yog’ingarchilik kutilmaydi,
19-21 va 23-24 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi, 19 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 mayda 17-22°, 20-24 mayda 15-20°, kunduzi 30-35°, faqat 19 mayda 27-320° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17 mayda 20-25°, 18 mayda 22-27°, 19-24 mayda 18-23° bo‘ladi.
