15-18-MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-05-13 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 15 mayda 30-35°, 16-17 mayda 32-37°, 18 mayda 27-32° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 va 17-18 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 15-16 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37°; 17 mayda kechasi 19-24°, kunduzi 34-39°; 18 mayda kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-16 mayda 15-20°, 17-18 mayda 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 17 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15-16 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37°; 17 mayda kechasi 19-24°, kunduzi 35-40°; 18 mayda kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15 mayda 12-17°, 16-18 mayda 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15 mayda 8-13°, 16-18 mayda 10-15°, kunduzi 15-16 mayda 20-25°, 17-18 mayda
22-27° bo‘ladi.
