10-13-MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-05-08 11:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10 mayda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. 11-13 mayda yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan7-12 m/s tezlikda esadi, 10-12 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi10-15°, kunduzi 10-mayda 20-25°,11-12 mayda 23-28°, 13-mayda 25-30° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10-mayda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.11-13 mayda yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-12 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin,10-mayda ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 23-28°; 11-12 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°; 13 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10-mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.11-12 mayda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.13-mayda yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-12 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin,10-mayda ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 20-25°; 11-12 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°; 13 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10 mayda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-13 mayda yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-12 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 10-mayda ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 20-25°; 11-12 mayda kechasi 12-17°,kunduzi 23-28°; 13-mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10 mayda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-13 mayda yog’ingarchilik kutilmaydi Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-12 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, 10-mayda ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 23-28°; 11-12 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 28-33°, 13 mayda kechasi 14-19°,kunduzi 30-35°bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10-mayda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-12 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13-mayda yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10-12 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10-mayda kechasi 17-22°, kunduzi 22-27° bo‘ladi, 10-mayda kechasi 15-20°, kunduzi 20-25°, 12 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°, 13 mayda kechasi 12-17°,kunduzi 23-28°bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10-12 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10-11 mayda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 13-mayda yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10 mayda 11-16° dan 3-8° iliqgacha o’zgarib turadi, kunduzi 10-15°, 11-13 mayda 20-25° gacha ko’tariladi.
