Hafta kunlariga ob-havo prognozi
2026-05-04 12:25:00 / Ob-havo ma'lumotlari

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA
4-8-MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
Bugun kunduzi respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida beqaror ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 23-26 daraja bo‘ladi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 27-32 darajagacha ko‘tariladi.
5-7-may kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
8-mayda respublikaning ayrim joylarida, janubiy va sharqiy viloyatlardan tashqari, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
5-8-may kunlari harorat asta-sekin kechalari 17-20 darajagacha, kunduz kunlari 32-35 darajagacha, janubda 38 darajagacha ko‘tariladi.
6-7-may kunlari shamolda va cho‘l hududlarda, 8 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 4-5 may va 8 may kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. 4-mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 24-26 daraja bo‘ladi, 5-8 mayda asta-sekin 30-35 darajagacha ko‘tariladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 8 mayda shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
O‘zgidromet
2026-yil 4-may
