3-10-MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-05-01 10:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 7-8 mayda
ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-4 mayda 12-17° bo‘ladi, 5-7 mayda 17-22° gacha ko‘tariladi, 8 mayda 15-20°,
9-10 mayda 12-17° bo‘ladi, kunduzi 25-30° dan 30-35° gacha o‘zgarib turadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 8-9 mayda
ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4 mayda 13-18°,
5-10 mayda 15-20°, kunduzi 3 mayda 25-30° bo‘ladi, 4-7 mayda 32-37° gacha ko‘tariladi, 8 mayda 30-35°, 9-10 mayda 28-33° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, faqat 5-7 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 mayda 13-18°, 6-10 mayda 15-20°,
kunduzi 3 mayda 20-25° bo‘ladi, 4-8 mayda 30-35° gacha ko‘tariladi, 9-10 mayda
25-30° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3-4 mayda
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 mayda 14-19°, 6 mayda 15-20°,
7-10 mayda 17-22°, kunduzi 3 mayda 24-29° bo‘ladi, 4-8 mayda 33-38° gacha ko‘tariladi, 9-10 mayda 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, faqat 6-8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 mayda 15-20°, 4-7 mayda 13-18°,
8-10 mayda 15-20°, kunduzi 3 mayda 20-25° bo‘ladi, 4-8 mayda 28-33° gacha ko‘tariladi, 9-10 mayda 25-30° gacha pasayadi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° dan 4-9° iliqqacha, kunduzi 12-17° dan 17-22° gacha o‘zgarib turadi.
