May oyida qanday ob-havo kuzatiladi?
2026-04-29 17:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

MAY OYIYING IQLIM SHAROITI VA
2026-YIL MAY OYIDA KUTILAYOTGAN OB-HAVO PROGNOZI
Bahor faslining oxirgi oyi may boshlanadi.
Iqlimiy xususiyatlarga ko‘ra (ko‘p yillik davr uchun o‘rtacha qiymatlar), may oyi
aprel oyiga nisbatan 4–6 darajaga iliqroq bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida kunduzgi o‘rtacha harorat oyning birinchi yarmida 24-27 darajani, ikkinchi yarmida esa 28-31 darajani tashkil etadi. Deyarli har yili may oyida yozga xos issiq davrlar harorat 34-37 darajagacha ko‘tarilishi kuzatiladi.
Meterologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun may oyi haroratining mutlaq maksimumlari 38-41 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa ba’zi joylarda
43-45 darajani tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari
va Navoiy viloyati cho‘l hududlarida may oyidagi harorat rekordlari yaqin orada - 2020, 2021
va 2025 yillarda yangilandi.
Toshkentda may oyidagi eng yuqori harorat - 39,9 darajani bo‘lib, u o‘tgan asrning boshida qayd etilgan. 2025 yil may oyidagi maksimal harorat ushbu rekorddan bir oz pastroq bo‘lib, 39,5 darajani tashkil etdi.
Toshkentda may oyining maksimal harorati 32 darajadan yuqoriga ko‘tarilmagan yillar ham kuzatilgan. Oxirgi marta bunday may oyi 2003 yilda qayd etilgan.
May oyida haroratning o‘zgarib turishi mart va aprel oylari singari sezilarli emas. Kunduzgi harorat 13-18 darajagacha pasayish davrlari har yili ham kuzatilmaydi va odatda qisqa muddatli bo‘ladi.
O‘zbekistonda may oyi sezilarli darajada global isish tendensiyasi ta’siriga uchragan. May oyida havoning o‘rtacha oylik haroratining ko‘tarilishi boshqa oylarga qaraganda yuqoriroq sur’atlar bilan ko‘tarilmoqda.
Oxirgi 15 yil davomida deyarli barcha may oylari iliq bo‘ldi.
O‘rtacha oylik haroratni me’yordan og‘ishi (oS)
O‘zbekiston hududining katta qismida nafaqat so‘nggi yillardagi, balki butun meteorologik kuzatuvlar davridagi eng issiq oylar 2001 va 2025 yillarning may oylari bo‘lgan (me’yordan 3-4 daraja yuqori). Respublikaning shimoli-g‘arbida va cho‘l hududlarida esa
2021 yilning may oyi eng issiq bo‘lgan (me’yordan 3,5-5 daraja yuqori).
Ushbu asrdagi eng sovuq may oyi 2003 yilda (me’yordan 2-3 daraja past), kuzatuvlar tarixidagi eng sovuq may oyi esa 1934 yilda (me’yordan 4-6 daraja past) qayd etilgan.
May oyida yog‘ingarchilik oylik me’yori mart va aprel oylariga nisbatan taxminan uchdan bir hissaga: hududning katta qismida 20 mm dan 45 mm gacha, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 50 mm dan 90 mm gacha, ba’zi joylarda 100-120 mm gacha kamroqdir.
Eng kam yog‘ingarchilik respublikaning shimoli-g‘arbida, cho‘l hududlarida va eng chekka janubida - 10 mm dan 17 mm gacha kuzatiladi.
May oyida yomg‘irlar, ko‘pincha, qisqa muddatli tavsifga ega bo‘lib, deyarli har doim momaqaldiroq va kuchli shamol bilan kuzatiladi.
Meteorologik kuzatuvlar tarixida may oyi juda quruq kelgan yillar ham, masalan, O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 10% dan kam bo‘lishi
(2000, 2001 yillar). kuzatilgan
So‘nggi yillarda hududlarning katta qismida 2025 yilning may oyi eng quruq,
2022 va 2024 yillarning may oylari esa eng nam davrlar bo‘ldi.
May oyida yog‘ingarchilik miqdori (mm)
May oyining xarakterli xususiyati mamlakat hududi bo‘ylab yog‘ingarchilikning juda notekis taqsimlanishidir.
Masalan, Toshkentda 1998 yilning may oyi kuzatuvlar tarixidagi eng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan oy bo‘lgan. Me’yor 41 mm bo‘lganda, yog‘ingarchilik miqdori 100 mm ni
(ya’ni me’yordan 244% ni) tashkil etdgan. Buxoro viloyatida esa huddi shu may oyi o‘ta quruq kelib, oylik yog‘ingarchilik miqdori atigi 1 mm (me’yordan 8%) bo‘lgan.
O‘rtacha har 2-3 yilda bir marta may oyida kuchli jala yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi, bunda bir necha soat davomida oylik yog‘ingarchilik me’yorining 50% va undan ko‘proq yog‘ishi mumkin.
Jumladan, Toshkentda bir kecha-kunduzda yog‘gan maksimal yog‘ingarchilik
miqdori 50 mm ni tashkil etadi, oylik me’yor 41 mm ni tashkil etadi. Bu holat ana avval
- 1895 yil 28 mayda sodir bo‘lgan. So‘nggi 30 yil ichida Toshkentda eng kuchli may oyi jala yomg‘irlari 1994, 1999 va 2002 yillarda qayd etilgan. Bunda bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori 30-35 mm ni tashkil etgan.
2014 yil 29 mayda Toshkentda kuchli jala yog‘gan, uning miqdori 29 mm ni tashkil etgan. E’tiborli jihati shundaki, butun oy davomidagi jami yog‘ingarchilik 30 mm bo‘lgan, ya’ni deyarli butun oylik miqdor bir kecha-kunduzda yog‘gan.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim yillari may oyida juda kuchli jala yomg‘irlar kuzatilgan bo‘lib, yog‘ingarchilik miqdori bir kecha-kunduzda 40 mm dan 65 mm gacha, Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida esa ba’zi joylarda bir kecha-kunduzda 100-120 mm gacha bo‘lgan.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlardagi kuchli jala yomg‘irlar sel kelishi kabi dahshatli tabiiy hodisalarning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Sel-suv toshqini hodisalari haqida o‘z vaqtida ogohlantirish - O‘zgidrometning asosiy vazifalaridan biridir. Bunday ogohlantirishlardan to‘g‘ri foydalanish moddiy zararni kamaytirish va inson qurbonlarining oldini olishga yordam beradi.
Bu yil may oyi qanday kelishi kutilmoqda?
Bu yil may oyi beqaror ob-havo bilan boshlanadi. Birinchi besh kunlikda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda momaqaldiroq va kuchli shamol bilan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘adi. Havo harorati asosan kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 22-27 daraja bo‘ladi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha harorat kechalari 13-18 darajadan 18-23 darajagacha, kunduz kunlari 25-30 darajadan 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 36-38 darajagacha o‘zgarib turadi. Ushbu davrning ayrim kunlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.
2026-yil may oyida o‘rtacha oylik harorat iqlimiy me’yordan 1,5-2 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
