Hafta kunlariga ob-havo prognozi
2026-04-27 11:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

27-30-APREL VA 1-MAY KUNLARIGA OB-HAVO
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda va Farg‘ona vodiysida ertaga kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bilan
qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Kunduzgi havo harorati 26-29 daraja atrofida, janubida va cho‘l hududlarda 30-33 darajagacha bo‘ladi.
29-30-aprel kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida 30-aprel kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 28-33 daraja, janubda va cho‘l hududlarda 35 darajagacha bo‘ladi.
1-mayda respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli maxalliy yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
30-aprelda shimoli-g‘arbiy hududlarda, 1-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati bugun kunduzi 26-28 daraja, ertaga 28 aprelda 27-29 daraja, 29-30 aprel va 1 mayda 29-32 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari
14-17 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 27-aprel
