26-APREL 3-MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-24 10:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30-aprelda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 27 aprel-3 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°, faqat 30 aprelda 23-28° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 26 aprelda 26-31°, 27 aprel-3 mayda 28-33° bo‘ladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26 va 30 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27-29 aprel va 1-3 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26-27 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 26-31°, 28 aprel-1 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°, 2-3 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26-27 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 26-31°; 28 aprel-1 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°; 2-3 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20° dan 17-22° gacha o‘zgarib turadi, kunduzi 30-35°, faqat 2-3 mayda 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 aprel-2mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18° bo‘ladi, kunduzi 26-31° dan 23-28° gacha o‘zgarib turadi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, faqat 27 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliqdan 7-12° gacha, kunduzi 13-18° dan 17-22° gacha o‘zgarib turadi.
