O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 20-24-APREL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-04-20 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 24-29 daraja atrofida bo‘ladi.
21-23 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qayd etiladi. Harorat
21 aprelda kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi, 22-23 aprelda asta-sekin
18-23 darajagacha pasayadi.
20-22 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi
15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
24 aprelda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yana quruq ob-havo kuzatiladi va havo harorati ko‘tarila boshlaydi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertaga kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati bugun va ertaga 25-28 daraja atrofida bo‘ladi.
22-23 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzgi harorat 22 aprelda 24-26 daraja, 23 aprelda 20-22 daraja bo‘ladi.
24 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi, 21-22 aperlda
12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.
O‘zgidromet
2026-yil 20-aprel
