22-25-APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-20 09:55:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-23 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24-25 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 va 25 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 25 aprelda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23°; 23 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 21-26° bo‘ladi; 24-25 aprelda kechasi 13-18° gacha, kunduzi 28-33° gacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-23 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24-25 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 va 25 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 25 aprelda ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 aprelda 15-20°, 23-24 aprelda 12-17°, 25 aprelda 14-19°, kunduzi 22-23 aprelda 22-27°, 24 aprelda 27-32°, 25 aprelda 30-35° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-23 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24-25 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-23 aprelda 13-18°, 24-25 aprelda 11-16°, kunduzi 22 aprelda 22-27°, 23 aprelda 18-23°, 24-25 aprelda 24-29° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-23 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24-25 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 23-28°; 23 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 23-28°; 24 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°; 25 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-23 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24-25 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 23-28°; 23 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 24 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°; 25 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22-24 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 25 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 22 aprelda 5-10° iliq bo‘ladi, 23-24 aprelda 1-6° iliqqacha pasayadi, 23 aprelda 3-8° iliq, kunduzi 22 aprelda 13-18°, 23 aprelda 10-15°,
24-25 aprelda 15-20° bo‘ladi.
