O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 17-19-APREL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-04-17 11:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Boshqa hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari mamlakatning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba, 19-aprel kuni Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida ham biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Yakshanba, 19-aprel kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha shamol esishi kutilmoqda, chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni kunduzgi harorat 20-25 daraja ga, janubda esa 26-28 daraja ga ko‘tariladi.
Respublikaning togʻli hududlarida 17-19 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: Bugun va dam olish kunlari davomida biroz yomg'ir yogʻishi mumkin. Bugun harorat 14-16 daraja, shanba kuni 19-21 daraja va yakshanba kuni 21-23 daraja iliq boʻladi.
Sharqiy shamollar biroz esib turadi.
O‘zgidromet
2026-yil 17-aprel
