19-26-APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-17 11:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-22 aprelda ba’zi joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 aprelda va 22 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 7-12° dan 10-15° gacha, kunduzi 18-23° dan 23-28° gacha o‘zgarib turadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-23 aprelda ba’zi joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-22 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13° dan 14-19° gacha ko‘tariladi, kunduzi 20-25° dan 27-32° gacha o‘zgarib turadi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19, 22-24 aprelda ba’zi joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-22 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13° dan 13-18° gacha, kunduzi 18-23° dan 25-30° gacha o‘zgarib turadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 aprelda ba’zi joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-22 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 aprelda kechasi 8-13°, 20-26 aprelda 13-18°, kunduzi 23-28°dan 27-32° gacha o‘zgarib turadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19 va 22 aprelda ayrim joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-21 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 aprelda kechasi 6-11°, 20-26 aprelda 12-17° gacha ko‘tariladi, 20-25 aprelda kunduzi 18-23° dan 22-27° gacha o‘zgarib turadi, 26 aprelda 25-30° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-22 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° dan 5-10° gacha, kunduzi 7-12° dan 14-19° gacha. o‘zgarib turadi.
