19-22-APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-17 11:35:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-22 aprelda ba’zi joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-20 aprelda va 22 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 19 aprelda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25°; 20 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°; 21-22 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-22 aprelda ba’zi joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-22 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 19 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 23-28°; 20-22 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 20 aprelda 27-32°; 21-22 aprelda 20-25° gacha tushadi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19-22 aprelda ayrim joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-21 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-22 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 19 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 20 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° , 21 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33°, 22 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 21-26° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19-21 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22 aprelda ba’zi joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-22 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 23-28°, 20-21 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33°, 22 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 19 va 22 aprelda ayrim joylarda qisqa mudatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-21 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 aprelda kechasi 6-11°, kunduzi 18-23°, 20-21 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27°, 22 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-22 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 aprelda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13°, 20-22 aprelda kechasi harorat 5-10° iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 20-21 aprelda 14-19° , 22 aprelda 10-15° iliq bo‘ladi.
