16-23-APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-14 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-20 va 22-23-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-21-aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17-aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, 16-aprelda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° dan 10-15° gacha, kunduzi 13-18° dan 22-27° gacha o‘zgarib turadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-19 va 22-23 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-21 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, 16 aprelda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-17 aprelda 8-13°, 18 aprelda 6-11° bo‘ladi, 19-23 aprelda 13-18° gacha ko‘tariladi, kunduzi 16 aprelda
13-18° bo‘ladi, 17-23 aprelda 23-28° gacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 aprelda yomg‘ir yog‘adi, 16 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-23 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-17 aprelda 8-13°, 18-19 aprelda 6-11° bo‘ladi, 20-23 aprelda 12-17° gacha ko‘tariladi, kunduzi 16-17 aprelda
13-18° bo‘ladi, 18-23 aprelda 20-25° gacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 aprelda yomg‘ir yog‘adi, 16 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-20 va 23 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16 aprelda 8-13°, 17-18 aprelda 6-11° bo‘ladi, 19-23 aprelda 13-18° gacha ko‘tariladi, kunduzi 16 aprelda 15-20° bo‘ladi, 17-23 aprelda 25-30° gacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17-aprelda yomg‘ir yog‘adi, 16-aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-19-aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-23-aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi, 16-aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16 aprelda 10-15°, 17-aprelda 8-13°, 18-19-aprelda 6-11° bo‘ladi, 20-23 aprelda 10-15° gacha ko‘tariladi, kunduzi 16 aprelda 13-18° bo‘ladi, 18-23-aprelda 20-25° gacha ko‘tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 16-aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Faqat 19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16 aprelda 3-8° iliq bo‘ladi, 17-19 aprelda 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi, 20-23 aprelda 3-8° iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 16-17-aprelda 3-8° iliq bo‘ladi, 18-23 aprelda 12-17° iliqqacha ko‘tariladi.
