16-19-APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-14 10:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17-19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
16-17 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, 16 aprelda ayrim joylarda
ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-18 aprelda
5-10°, 19 aprelda 7-12°, kunduzi 16-17 aprelda 12-17° bo‘ladi, 18-19 aprelda
20-25° gacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
16-17 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, 16 aprelda ayrim joylarda
ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, faqat 18 aprelda 6-11°, kunduzi 16 aprelda 13-18° bo‘ladi, 17-19 aprelda 23-28° gacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 17 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha,
ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-17 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 13-18°, 18-19 aprelda kechasi 6-11°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 17 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha,
ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
16 va 19 aprelda 8-13°, 17-18 aprelda 6-11°, kunduzi 16 aprelda 15-20° bo‘ladi,
17-19 aprelda 20-25° gacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16 aprelda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 17 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16 aprelda 10-15° bo‘ladi, 17-19 aprelda
6-11° gacha pasayadi, kunduzi 16 aprelda 13-18° bo‘ladi, 17-19 aprelda
20-25° gacha ko‘tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-18 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi,
16 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. 19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-aprelda 3-8° iliq bo‘ladi, 17-19 aprelda 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi, kunduzi
16-17-aprelda 3-8° iliq bo‘ladi, 18-19 aprelda 8-13° iliqqacha ko‘tariladi.
