13-17-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-13 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 25-30 darajagacha isiydi.
Faqat respublikaning g‘arbiy hududlariga ertaga 14 aprel kuni nam havo oqimi kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro viloyatida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.
15-16-aprel kunlari nam havo massalari respublika hududiga tarqaladi. Barcha viloyatlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qayd etiladi. Kunduzgi havo harorati 13-16 darajagacha pasayadi.
17-aprelda faqat respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida
ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.
Respublikaning baland tog‘li hududlarida 15-17 aprel kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda.
14-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlarida, 15-16 aprel kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha shamol tezligi
15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda esa ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi,
ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: 13-14-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 26-29 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
15-17-aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi harorat 13-16 darajagacha pasayadi.
O‘zgidromet
2026-yil 13-aprel
