14-APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-13 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari

14-APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
13-aprel soat 20:00 dan 14-aprel soat 20:00 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 27-29° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, kechga tomon ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi
27-32° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
