10-12-APREL KUNLARIGA OB-HAVO
2026-04-10 12:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
11-12 aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Harorat kechalari 8-13 daraja, kunduz kunlari 20-25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: 10-12 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat kechalari
11-13 daraja, kunduz kunlari 23-25 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 10-aprel
