12-15-APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-10 12:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12-13 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
14-15 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
14 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
12-14 aprelda 10-15°, 15 aprelda 8-13°, kunduzi 12-13 aprelda 23-28° bo‘ladi,
14-15 aprelda 15-20° gacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12-14 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
15 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-13 aprelda
10-15°, 14-15 aprelda 12-17°, kunduzi 12 aprelda 23-28°, 13-14 aprelda 25-30°,
15 aprelda 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12 aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 12 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 13-15 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 13-14 aprelda 23-28°, 15 aprelda 20-25° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12 aprelda Qashqadaryo viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 15 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-13 aprelda 10-15°, 14-15 aprelda 12-17°, kunduzi
12 aprelda 23-28°, 13-14 aprelda 24-29°, 15 aprelda 22-27° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12 aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat 12 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 13-15 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 13-14 aprelda 23-28°, 15 aprelda 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12-13 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 12-13 aprelda 3-8° iliq, 14-15 aprelda 5-10° iliq bo‘ladi,
kunduzi 10-15° dan 15-20° gacha o‘zgarib turadi.
