11-18-APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-09 14:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-14 aprelda 10-15°, 15-18 aprelda 8-13°, kunduzi 11-14 aprelda 23-28°, 15-17 aprelda 18-23°, 18 aprelda 20-25° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
11-13 va 16-18 aprelda 10-15°, 14-15 aprelda 12-17°, kunduzi 11-12 aprelda 23-28°,
13-14 aprelda 25-30°, 15-18 aprelda 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11-12 va 16-17 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13-15 va 18 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 va 17-18 aprelda 8-13°, 13-16 aprelda 10-15°, kunduzi 11-12 aprelda 20-25°,
13-15 aprelda 23-28°, 16-18 aprelda 18-23° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat 11-12 aprelda Qashqadaryo viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16-17 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° dan 12-17° gacha o‘zgarib turadi, kunduzi 11-12 aprelda 23-28°, 13-14 aprelda 25-30°,
15 aprelda 23-28°, 16-18 aprelda 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11-12 va 16-17 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13-15 va 18 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 va 18 aprelda 8-13°, 13-17 aprelda 10-15°, kunduzi 11-12 va 16 aprelda
20-25°, 13-15 aprelda 23-28°, 17-18 aprelda 18-23° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 11-14 aprelda 2-7° iliq, 15 aprelda 5-10° iliq, 16-18 aprelda 0-5° iliq, kunduzi 11-15 aprelda 12-17° bo‘ladi, 16-18 aprelda 3-8° iliqqacha pasayadi.
