10-17-APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-04-08 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 aprelda 8-13°, 11-17 aprelda 10-15°, kunduzi 10-14 aprelda 23-28°, 15-17 aprelda 20-25° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10 va 16-17 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 11-17 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 11-15 aprelda 23-28°,
16-17 aprelda 21-26° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat Samarqand viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-13 va 16-17 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 14-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-13 aprelda 8-13°, 14-17 aprelda 10-15°, kunduzi 10-13 va 17 aprelda 20-25°, 14-16 aprelda 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10-13 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, faqat Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16-17 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 aprelda 8-13° bo‘ladi, 12-17 aprelda
12-17° gacha ko‘tariladi, kunduzi 10 aprelda 20-25° bo‘ladi, 11-15 aprelda 25-30° gacha ko‘tariladi, 16-17 aprelda 23-28° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 10 va 14-15 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
11-13 va 16-17 aprelda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-13 aprelda 8-13°, 14-17 aprelda 10-15°, kunduzi 10-13 va 17 aprelda 20-25°,
14-16 aprelda 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 10-13 aprelda 1-6° iliq, 14-17 aprelda 3-8° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.
