Mart oyi uchun ob-havo sharhi
2026-04-03 16:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
2026-YIL MART OYIDA KUZATILGAN
OB-HAVO HAQIDA
Mart oyining birinchi va ikkinchi o‘n kunliklari havo haroratining keskin o‘zgarib turishi, hamda beqaror ob-havo sharoiti bilan tavsiflandi. Ushbu davr iqlimiy meyordan o‘rtacha 1-3 darajaga sovuqroq bo‘ldi.
Eng past havo harorati 10-13 mart kunlari kuzatildi. Harorat kechalari 2-7 daraja sovuqqacha, respublika shimolida va cho‘l hududlarida esa 8-13 daraja sovuqqacha pasaydi. Bu sovuq faqat Surxondaryo viloyatiga ta’sir etmadi.
Mart oyidagi sovuqlar O‘zbekiston hududida kuzatilib turadigan hodisadir.
Bu oyga bahor oxiridagi sovuqlarning o‘rtacha ko‘p yillik muddatlari to‘g‘ri keladi.
Biroq bu yilgi mart sovuqlari fevral oyidagi anomal iliq ob-havo sharoitidan keyin kuzatildi. Fevral oyida erta gullaydigan danakli mevali daraxtlarning gullashi boshlangan edi.
Buning hisobiga havo harorati manfiy qiymatlargacha pasaygan vaqtda, respublikaning qator tumanlarida eng issiqsevar ekinlarning gullariga zarar yetdi.
Mart oyining uchinchi o‘n kunligida havo nisbatan iliq bo‘ldi. Bu davrda o‘rtacha havo harorati iqlim meyoridan 4-6 darajaga, respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida 7-9 darajaga yuqori bo‘ldi.
27-28 mart kunlari eng iliq davrda havo 28-31 daraja iliqqacha isidi. Kechalari termometr ustuni 15-20 daraja iliqdan pastga tushmadi.
O‘tgan mart oyida o‘rtacha oylik harorat meyordan 1-2 darajaga, O‘zbekiston shimolida 2,5-3,5 darajaga yuqori bo‘ldi.
O‘rtacha bir kecha-kunduzlik havo haroratini meyordan og‘ishi (оC)
2026-yil mart oyida maksimal havo harorati o‘zining rekord qiymatlariga yetmadi. Biroq, bir qator hududlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona vodiysi, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarining ayrim hududlarida) mart oyining maksimal harorati barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq maksimumga yaqin bo‘lib, bu hududning katta qismida XXI asrda qayd etildi.
Minimal havo harorati ushbu asrdagi minimal qiymatlardan yuqori bo‘lib, O‘zbekistondagi meteorologik kuzatuvlarning barcha qatori uchun rekord qiymatlardan nisbatan yuqori bo‘ldi.
2026-yil mart oyida minimal va maksimal havo harorati (оC)
|
Meteostansiya |
Mart oyida harorat minimumi |
Mart oyida harorat maksimumi |
||
|
2026 yil |
XXI asrda |
2026 yil |
XXI asrda |
|
|
Toshkent |
-6,1 |
-7,8 /2015 |
29,1 |
31,5 /2010 |
|
Nukus |
-11,4 |
-16,6 /2003 |
30,6 |
31,4 /2008 |
|
Urganch |
-8,7 |
-12,5 /2021 |
29,5 |
32,8 /2018 |
|
Buxoro |
-6,5 |
-8,3 /2021 |
31,4 |
35,0 /2018 |
|
Navoiy |
-7,0 |
-9,1 /2021 |
30,7 |
33,0 /2018 |
|
Samarqand |
-4,5 |
-9,7 /2012 |
28,5 |
32,2 /2018 |
|
Jizzax |
-3,4 |
-10,0 /2015 |
29,0 |
31,2 /2009 |
|
Sirdaryo |
-6,0 |
-7,2 /2015 |
30,5 |
30,7 /2011 |
|
Qarshi |
-3,4 |
-5,8 /2021 |
30,7 |
36,3 /2018 |
|
Termiz |
+2,5 |
-4,5 /2013 |
31,4 |
37,3 /2018 |
|
Andijon |
-2,0 |
-7,0 /2015 |
29,8 |
30,0 /2025 |
|
Namangan |
-2,0 |
-11,5 /2015 |
29,7 |
29,4 /2025 |
|
Farg‘ona |
-2,4 |
-8,2 /2015 |
28,1 |
29,1 /2025 |
2026 yil mart oyi ushbu asrning (2008, 2016, 2018-2020, 2023 yy.) boshqa mart oylari kabi iliq bo‘lmadi. Shunga qaramay, ko‘p yillik kuzatuv qatorida mart oyidagi havo haroratining ko‘tarilishga bo‘lgan barqaror tendensiyasi saqlanib qolmoqda.
O‘rtacha bir kecha-kunduzlik havo haroratini meyordan og‘ishi (оС)
Mart oyida yog‘ingarchilik miqdori respublika hududining katta qismida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida meyor atrofida va undan ko‘p bo‘ldi.
Mart oyining birinchi o‘n kunligida yog‘ingarchiliklar deyarli har kuni kuzatildi. Keyinchalik, hududning katta qismida yog‘ingarchilik davrlari 22-23 mart va 28-29 mart kunlari qayd etildi. Respublikaning ayrim tumanlarida yog‘ingarchilik kuchli bo‘lib, bir kecha-kunduzda 15-30 mm ni, baland tog‘li hududlarda esa 40-45 mm gachani tashkil etdi.
Yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida kuzatildi, 10-11 mart kunlari ba’zi joylarda qorga aylandi. Qor yog‘gandan so‘ng Toshkent, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarining tekislik hududlarida balandligi 1-5 sm bo‘lgan beqaror qor qoplami hosil bo‘ldi.
Oy o‘rtasida qorning maksimal balandligi 55-70 sm ga, Toshkent viloyatining baland tog‘li hududlarida esa 200 sm gacha yetdi.
Biroq, mart oyining uchinchi o‘n kunligidagi kuzatilgan juda iliq ob-havo sharoiti hisobiga, oy oxiriga kelib, meteorologik stansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, qor qoplami faqat 2000 m dan baland bo‘lgan hududlarda saqlanib turdi.
