Aprel oyi prognozi qanday bo‘ladi?
2026-03-30 16:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari

O‘ZBEKISTONDA APREL OYI ODATDA QANDAY BO‘LADI VA 2026-YIL APREL OYIDAGI OB-HAVODAN NIMALARNI KUTISH MUMKIN?
O‘zbekistonda aprel oyi – bahor faslining eng o‘rtasi bo‘lib, bunda bog‘larda daraxtlarning tez gullashi, sabzavot ekinlari va rezavor mevalar hosili shakllanishining boshlanishi davridir.
Aprel oyida havo haroratining tez ko‘tarilishi davom etadi.
Hududning katta qismida aprel oyining o‘rtacha harorati mart oyiga nisbatan
5-7 darajaga yuqori bo‘ladi. Respublika shimolida va cho‘l hududlarida havo jadalroq isiy boshlaydi, bunda aprel oyining o‘rtacha harorati mart oyi qiymatlaridan
8-10 darajaga ko‘p bo‘ladi.
O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixida 2022 yilning (meyordan
3-6 darajaga yuqori) aprel oyi eng iliq bo‘lishi qayd etildi.
Hududning katta qismida 2025 yil aprel oyi oyi eng issiq yillar reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘rtacha oylik havo harorati meyordan 2-4 darajaga, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa 1,5-2,5 darajaga yuqori bo‘ldi.
Ushbu asrda hududning katta qismida 2009 yilning aprel oyi eng sovuq (meyordan 2-4о ga past) bo‘ldi. Kuzatuvlar tarixidagi eng sovuq aprel oylarida esa o‘rtacha oylik havo harorati meyordan 5-6 darajaga past bo‘lishi qayd etildi.
O‘rtacha oylik havo haroratini meʻyordan og‘ishi, оS
Aprel oyidagi harorat foni ko‘pincha bahoriy beqaror bo‘ladi.
Havoni bahoriy tez isishi qisqa davrga, ammo ba’zida juda sezilarli sovuqlar bilan davom etadi.
Eng iliq davrlarda havo harorati kunduz kunlari 28-33 darajagacha ko‘tariladi. Mutlaq maksimal harorat (kuzatuvlarning barcha qatori uchun eng yuqori qiymatlar)
35-38 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 39-41 darajani tashkil etadi. Respublikaning ko‘pchilik hududlarida 2025 yilda aprel oyi uchun maksimal harorat bo‘yicha rekord darajadagi ko‘rsatkichlar yangilandi.
Sovuq davrlarda, mart oyidagi kabi tez-tez emas, lekin ba’zida tungi harorat darajasi sovuqqacha pasayadi.
|
Meteostansiya |
Aprel oyida mutlaq minimal harorat |
Aprel oyida mutlaq maksimal harorat kuzatuvlarning barcha qatori uchun |
|
|
kuzatuvlarning barcha qatori uchun |
XXI asrda |
||
|
Toshkent |
-6,3 /1960 |
-1,7 /2005 |
36,6 /2025 |
|
Nukus |
-7,3 /1955 |
-4,4 /2005 |
38,5 /1997 |
|
Urganch |
-6,2 /1960 |
-4,2 /2005 |
38,8 /2025 |
|
Buxoro |
-5,9 /1960 |
0,0 /2011 |
38,5 /2025 |
|
Navoiy |
-6,1 /1960 |
-1,2 /2020 |
38,6 /2025 |
|
Samarqand |
-6,8 /1960 |
-2,1 /2005 |
36,2 /2000 |
|
Jizzax |
-6,0 /1960 |
-1,3 /2021 |
39,5 /2006 |
|
Sirdaryo |
-5,1 /1960 |
-1,3 /2011 |
37,8 /2025 |
|
Qari |
-3,5 /1960 |
-0,6 /2011 |
38,8 /2000 |
|
Termiz |
-2,0 /1956 |
0,3 /2020 |
39,1 /2006 |
|
Andijon |
-3,6 /1960 |
-2,7 /2015 |
36,0 /1985 |
|
Namangan |
-3,6 /1934 |
-2,4 /2015 |
35,7 /1940 |
|
Farg‘ona |
-4,8 /1911 |
-2,6 /2015 |
34,4 /2011 |
Aprel – yil davomida eng nam oylardan biridir.
Yomg‘ir, odatda momaqaldiroq va kuchli shamollar bilan tez-tez kuzatiladi. Respublikaning shimolida, eng chekka janubida va cho‘l hududlarda o‘rtacha oyiga
5 kundan 8 kungacha yog‘ingarchilik qayd etiladi, tog‘larga yaqinroq hududlarda esa yog‘ingarchilik kuzatiladigan kunlar soni 9-13 gacha ko‘payadi.
Meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida hududimizda turli xil aprel oylari kuzatilgan.
Oy uchun yog‘ingarchilik miqdori, meyordan % da
Aprel oyida yog‘ingarchilikning o‘ziga xos xususiyati uni hudud bo‘yicha tarqalishi o‘ta notekisligidir.
Aprel oyida juda quruq kunlar ham kuzatiladi, hududning katta qismida oy uchun yog‘ingarchilik miqdori meyordan 5-30% ga oshmagan va ba’zi joylarda ular umuman kuzatilmagan. Bunday holat 1975 yil aprel oyida qayd etilgan edi. Toshkentda yomg‘ir atigi ikki marta yog‘gan va oy davomida yog‘ingarchilik miqdori 2 mm (normadan 3%) ni tashkil etgan edi.
Shunday aprel oylari ham kuzatilganki, respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik bir oy ichida meyordan 3-5 marta ko‘p bo‘lgan.
Masalan, meteorologik kuzatuvlar tarixida 1990 yil aprel oyi Toshkentda eng yomg‘irli bo‘lib, bunda oy davomida yog‘ingarchilik oylik meyordan 300% atrofida bo‘ldi, yog‘ingarchilik kuzatilgan kunlar soni 19 (meyor 13 kun bo‘lganda) kunni tashkil etdi.
1990 yil 8 aprel kuni Toshkentda aprel oyida bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori 65 mm bo‘lgan (oylik meyor 62 mm) mutlaq rekord o‘rnatildi!!!
Yog‘ingarchilik taqsimotining o‘ta notekisligi ba’zan hatto bir xil hududda ham namoyon bo‘ladi.
2023 yil 2 aprel kuni Toshkentda momaqaldiroq, shamolning kuchayishi, ba’zi joylarda do‘l yog‘ishi bilan kuchli jala yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Bunda yog‘ingarchilik miqdori 2,5-3 soatda: Teleminora hududida - 10 mm, Toshkent-Observatoriya meteostansiyasi hududida (Oloy bozori yaqinida) - 22 mm, Toshkent halqaro aeroporti hududida esa - 33 mm ni tashkil etdi.
Respublikaning ayrim hududlarida har 6-8 yilda bir marta yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi kuzatiladi. So‘nggi marta 2020 yil aprel oyida markaziy va hatto janubiy viloyatlarda ba’zi joylarda aprel oyining birinchi o‘n kunligi oxirida (8 aprel) qor yog‘ib, u hatto qishda kamdan-kam uchraydigan darajada bo‘ldi.
2020 yil 9 aprelda ertalab ba’zi joylarda qor qoplami 7-20 sm ga yetdi.
O‘zbekistonda qor yog‘ishining eng kechki sanasi – 1989 yil 30 aprel kuni qayd etilgan. Bu hozircha O‘zbekistonda kuzatuvlar tarixidagi qaytarilmas holat bo‘lib qolmoqda.
Aprel oyida tog‘li hududlarda jadal qor erishi davom etadi. Oyning oxiriga, iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, qor faqat baland tog‘li hududlarda saqlanib turadi.
Ushbu yilning aprel oyi bahor fasli uchun xos bo‘lgan beqaror ob-havo bilan boshlanadi.
Oyning birinchi o‘n kunligida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Yog‘ingarchiliklar mahalliy (lokal) xususiyatga ega bo‘lib, ular hamma joyda va har kuni ham kuzatilmaydi.
Masalan, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 1-3 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Aprel oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida ayrim kunlarda, har bir o‘n kunlikda 1-3 kundan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Oy davomida havo harorati ancha yuqori fon ko‘rsatkichlarida: kechalari
12-17 daraja iliqdan 7-12 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 27-32 daraja iliqdan
15-20 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
