30-31-MART VA 1-3 APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-30 11:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida va kunning ikkinchi yarmida markaziy va janubiy viloyatlar bo‘yicha ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
31 mart va 1 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati
27-30 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
2 aprelda shimoli-g‘arbiy hududlarda, cho‘l zonasida va janubiy viloyatlarda, 3 aprelda esa respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda.
Harorat 24-27 darajagacha, janubda 20-22 darajagacha pasayadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, janubda va cho‘l hududlarda 14 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
31 mart va 1-2 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi
27-29 daraja iliq bo‘ladi.
3 aprelda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat 24-27 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 30-mart
