27-29-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-27 09:55:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 25-30 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Harorat foni biroz pasayadi. Shanba kuni shimoli-g‘arbiy hududlarda
va cho‘l zonasida, yakshanba kuni esa respublikaning barcha hududlari bo‘yicha kunduzgi havo harorati 20-25 daraja iliqni tashkil etadi. Harorat kechalari
12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, shamol 10-12 m/s tezlikda kuchayishida momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.
Harorat asosan kechalari 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 27-mart
