29-MART 5-APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-27 09:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29 mart-4 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 5 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29 mart-1 aprelda 10-15° iliq, 2-5 aprelda 12-17° iliq bo‘ladi, kunduzi 20-25° iliqdan 25-30° iliqqacha o‘zgarib turadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29 mart-2 aprelda
12-17° iliq, 3-5 aprelda 10-15° iliq bo‘ladi, kunduzi 20-25° iliqdan 25-30° iliqqacha o‘zgarib turadi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, faqat 1-3 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
29 mart-1 aprelda 12-17° iliq, 2-5 aprelda 10-15° iliq bo‘ladi, kunduzi 20-25° iliqdan 23-28° iliqqacha o‘zgarib turadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29 mart-4 aprelda 12-17° iliq, 5 aprelda 10-15° iliq bo‘ladi, kunduzi 22-27° iliqdan 25-30° iliqqacha o‘zgarib turadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29, 31 mart ва 4-5 апрелда ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 30 mart va 1-3 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17° iliq, kunduzi 29-30 martda 20-25° iliq, 31 mart-5 aprelda
22-27° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq bo‘ladi,
kunduzi 17-22° iliqdan 10-15° iliqqacha o‘zgarib turadi.
