O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 24-27-MART KUNLARIGA OB-HAVO
2026-03-24 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Faqat 26 martda va 27 martga o‘tar kechasi Buxoro, Navoiy viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Havo harorati asosan kechalari 10-15 daraja iliq, kunduz kunlari
23-28 daraja iliq, respublika shimolida va cho‘l hududlarida ayrim kunlarda
30-32 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 24-26 martda
23-26 daraja iliq, 27 martda 27-29 daraja iliq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari
10-15 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 24-mart
