19-23-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-19 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari

19-20 mart kunlari O‘zbekiston hududi o‘rtacha iliq va nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy huudlarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati bugun kunduzi 13-16 daraja iliq, ertaga
17-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
21 martda hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 20-25 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
23-24 mart kunlari respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 20-25 daraja iliq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 28 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Harorat asosan kechalari 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda: 19 martda kunduzi, 20 martda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 19 martda 14-16 daraja iliq, 20 martda
17-19 daraja iliq bo‘ladi.
21 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-23 daraja iliq bo‘ladi.
23-24 mart kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 19-mart
