21-24-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-19 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-22 martda 5-10° iliq, 23 martda 7-12° iliq, 24 martda 8-13° iliq, kunduzi 21 martda 20-25° iliq, 22-24 martda 22-27° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22-23 martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 21-22 martda 8-13° iliq, 23-24 martda 10-15° iliq, kunduzi 21 martda 20-25° iliq, 22-24 martda 23-28° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22-23 martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 7-12° iliq, kunduzi 21-23 martda 20-25° iliq, 24 martda 22-27° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO ВА SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 21-23 martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
10-15° iliq, kunduzi 21-22 martda 20-25° iliq, 23-24 martda 23-28° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 martda
ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 21 martda 5-10° iliq, 21-24 martda 7-12° iliq, kunduzi 21 martda
17-22° iliq, 22-24 martda 20-25° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 23-24 martda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 24 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21 martda
0-5° iliq, 22-24 martda 3-8° iliq, kunduzi 21-23 martda 7-12° iliq, 24 martda
10-15° iliq bo‘ladi.
