O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 16-20-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-16 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari

16-18-mart kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 17-18 martda Surxondaryo viloyatida
va 18 martda Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda
yomg‘ir yog‘adi.
19-martda respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida
ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.
20-martda O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ushbu davrda havo harorati asosan kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 15-20 daraja iliq, yomg‘ir paytida 13-15 daraja iliq bo‘ladi. Bunday harorat foni mart oyi o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.
16-17-mart kunlari respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida
shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda: 16-18 va 20 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq, 19 martda 14-17 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 16-mart
