18-25-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-16 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 va 23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
21-22 va 24-25 martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 martda 2-7° iliq, 21-25 martda 5-10° iliq, kunduzi 18-19 martda 13-18° iliq, 20-21 va 24-25 martda 15-20° iliq,
22-23 martda 17-22° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21-22 va 24 martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 martda 5-10° iliq, 21-25 martda 8-13° iliq, kunduzi 18 martda 13-18° iliq, 19 martda 15-20° iliq, 20-22 va 25 martda 17-22° iliq, 23-24 martda 20-25° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18, 20 va 23-24 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
19, 21-22 va 25 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 martda 5-10° iliq, 21-25 martda 7-12° iliq, kunduzi 18-19 martda 15-20° iliq, 20-25 martda 17-22° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin,
faqat 20 va 23-24 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 martda 7-12° iliq, 21-25 martda 10-15° iliq, kunduzi
18 martda 13-18° iliq, 19 martda 15-20° iliq, 20-25 martda 20-25° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18, 20 va 23-24 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
19, 21-22 va 25 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 martda 7-12° iliq, 21-25 martda 10-15° iliq, kunduzi 18 martda 13-18° iliq, 19 martda 15-20° iliq, 20-25 martda 20-25° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21-22 martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20 martda 5-10° iliq,
21-25 martda 7-12° iliq, kunduzi 18-19 martda 15-20° iliq, 20-25 martda 17-22° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 18-20 martda 5-10° iliq,
21-25 martda 7-12° iliq bo‘ladi.
