18-21-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-16 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
21 martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 martda 2-7° iliq,
21 martda 5-10° iliq, kunduzi 18-19 martda 13-18° iliq, 20-21 martda 15-20° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
21 martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 martda 5-10° iliq,
21 martda 8-13° iliq, kunduzi 18 martda 13-18° iliq, 19 martda 15-20° iliq,
20-21 martda 17-22° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 va 20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
19 va 21 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 martda 5-10° iliq,
21 martda 7-12° iliq, kunduzi 18-19 martda 15-20° iliq, 20-21 martda 17-22° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 18-20 martda 7-12° iliq, 21 martda 10-15° iliq, kunduzi 18 martda
13-18° iliq, 19 martda 15-20° iliq, 20-21 martda 20-25° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 va 20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
19 va 21 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 martda ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 martda 7-12° iliq,
21 martda 10-15° iliq, kunduzi 18 martda 13-18° iliq, 19 martda 15-20° iliq,
20-21 martda 20-25° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
21 martda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
18-20 martda 5-10° iliq, 21 martda 7-12° iliq, kunduzi 18-19 martda 15-20° iliq,
20-21 martda 17-22° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda.
Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 18-20 martda 5-10° iliq, 21 martda 7-12° iliq bo‘ladi.
