O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 13-15-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-13 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 14 martda kechqurun
va 15 mart kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi havo 8-13 daraja iliqqacha, shanba va yakshanba kunlari esa 14-17 daraja iliqqacha isiydi.
Kechalari ham harorat ko‘tariladi. Mamlakatimiz hududining katta qismida kechalari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Faqat respublikaning ayrim joylarida kechalari kuchsiz sovuq saqlanib turadi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Toshkentda: 13-15 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi 11-13 daraja iliq, dam olish kunlari esa 13-15 daraja iliq bo‘ladi. Harorat kechalari 1 daraja sovuq-4 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 13-mart
