15-22-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-13 10:45:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
21-22 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-17 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-16 martda 3° sovuq-2° iliq, 17-20 martda 2-7° iliq,
kunduzi 15-21 martda 10-15° iliq, 22 martda 12-17° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 va
21-22 martda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi;
16-22 martda kechasi 8-13° iliqqacha, kunduzi 17-22° iliqqacha ko‘tariladi;
Navoiy viloyati shimolida kechasi 15-16 martda 3° sovuq-2° iliq, 17-20 martda 2-7° iliq,
kunduzi 15-21 martda 10-15° iliq, 22 martda 12-17° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18-19 va
21-22 martda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 16 martda kechasi
2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq; 17 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 14-19° iliq;
18 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 19 martda kechasi 5-10° iliq,
kunduzi 15-20° iliq; 20 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq; 21-22 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin,
faqat 16 va 20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi, 15-17 martda
kechasi 7-12° iliqqacha, kunduzi 18-23° iliqqacha ko‘tariladi; 18 martda kechasi
7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 19 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° iliq;
20 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq; 21-22 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 va
21-22 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi,
16-22 martda kechasi 7-12° iliqqacha, kunduzi 17-22° iliqqacha ko‘tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat 16 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman
tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15 martda 0-5° sovuq bo‘ladi, 16-18 martda 3-8° iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 15-18 martda 5-10° iliq, 19-22 martda 10-15° iliq bo‘ladi.
