13-20-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-11 10:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 martda 0-5° sovuq, 14-15 martda 3° sovuq-2° iliq, 16-20 martda 0-5° iliq, kunduzi 13 martda 7-12° iliq, 14-20 martda 10-15° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 17-18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 martda kechasi 3° sovuq 2° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 14-20 martda kechasi 8-13° iliqqacha, kunduzi 23-28° iliqqacha ko‘tariladi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 13 martda 0-5° sovuq, 14-15 martda 3° sovuq-2° iliq, 16-20 martda 0-5° iliq, kunduzi 13 martda 7-12° iliq, 14-20 martda 10-15° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 17-19 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 14-20 martda kechasi 8-13° iliqqacha, kunduzi 23-28° iliqqacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 va 17-19 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi, 14-20 martda kechasi 10-15° iliqqacha, kunduzi 24-29° iliqqacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18-19 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi, 14-20 martda kechasi 8-13° iliqqacha, kunduzi 23-28° iliqqacha ko‘tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 13 va 20 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14-19 martda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 martda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi, 14-20 martda kechasi 0-5° iliqqacha, kunduzi 10-15° iliqqacha ko‘tariladi.
