13-16-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-11 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi, 14-16 martda kechasi 0-5° iliqqacha, kunduzi 10-15° iliqqacha ko‘tariladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 martda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 14-16 martda kechasi 2-7° iliqqacha, kunduzi 12-17° iliqqacha ko‘tariladi; Navoiy viloyati shimolida 13 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi, 14-16 martda kechasi 0-5° iliqqacha, kunduzi 10-15° iliqqacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 14-16 martda kechasi 2-7° iliqqacha, kunduzi 12-17° iliqqacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi, 14-16 martda kechasi 5-10° iliqqacha, kunduzi 18-23° iliqqacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi, 14-16 martda kechasi 2-7° iliqqacha, kunduzi 12-17° iliqqacha ko‘tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 13-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14-16 martda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13 martda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi, 14-16 martda kechasi 0-5° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliqqacha ko‘tariladi.
