O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 10-13-MART KUNLARIGA OB-HAVO
2026-03-10 11:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. Respublikning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati 0-3 daraja iliq, shimolda 2-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.
Ertaga hududning katta qismida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kuni esa 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublika shimolida harorat kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
10-11 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.
12 martda kechasi sovuq saqlanib turadi, kunduzi esa sovuq havo massasi respublika hududidan chekina boshlaydi. Havo harorati ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib kunduz kunlari havo 10-15 daraja iliqqacha isiydi.
Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
Kechasi biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi asta-sekin 11-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Shamol shimoli-sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 10-mart
