8-15-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-06 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
9 va 11-15 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 10-11 martda ba’zi joylarga taman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 martda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 3-8° sovuqqacha, kunduzi 7-12° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
BUXORO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9-10 martda
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10-11 martda ba’zi joylarga taman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 martda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliqdan 3° sovuq-
2° iliqqacha, kunduzi 15-20° iliqdan 3-8° iliqqacha o‘zgarib turadi.
NAVOIY VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-10 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
11-15 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10-11 martda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 martda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliqdan 3° sovuq-
2° iliqqacha, kunduzi 15-20° iliqdan 3-8° iliqqacha o‘zgarib turadi; viloyat shimolida kechasi 0-5° iliqdan 3-8° sovuqqacha, kunduzi 7-12° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
TOSHKENT, SIRDARY, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 mart va 12-15 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-10 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 10-12 martda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 martda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliqdan 3° sovuq-
2° iliqqacha, kunduzi 15-20° iliqdan 1-6° iliqqacha o‘zgarib turadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9-10 martda
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 10-11 martda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 martda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliqdan 0-5° iliqqacha, kunduzi 20-25° iliqdan 7-12° iliqqacha o‘zgarib turadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 mart va 12-15 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-10 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 10-12 martda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 martda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliqdan 3° sovuq-
2° iliqqacha, kunduzi 15-20° iliqdan 1-6° iliqqacha o‘zgarib turadi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9-12 martda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 martda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliqdan
5-10° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliqdan 0-5° sovuqqacha o‘zgarib turadi.
