6-9-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-06 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida
va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati ko‘tariladi va kun o‘rtasiga kelib havo 10-15 daraja iliqqacha isiydi.
Bugun kechqurun va kechasi ko‘pchilik viloyatlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan tashqari) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati 15-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
8 mart kuni O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ayrim joylarda va Navoiy viloyati cho‘l hududining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 15-20 daraja atrofida bo‘ladi.
9 martda respublika hududiga yana nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika hududi bo‘yicha (shimoliy hududlardan tashqari) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Navoiy viloyati cho‘l hududida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat
11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ertaga kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
8 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.
9 martda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi
8-10 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
O‘zgidromet
2026-yil 6-mart
