FEVRAL OYI QANDAY BO‘LDI?
2026-03-06 09:55:00 / Ob-havo ma'lumotlari
O‘tgan fevral oyidagi harorat tartibi qishning so‘nggi oyi uchun xos bo‘lmadi.
Deyarli butun fevral oyi davomida kuzatilgan juda iliq ob-havo oyning o‘ziga xos hususiyatlaridan biridir. Oy davomida qisqa davrga haroratni nisbatan pasayishi kuzatildi, ammo shunga qaramay, o‘rtacha bir kecha-kunduzlik havo harorati, asosan meyordan yuqori bo‘lib, faqat fevral oyining oxirgi kunida meyordan 2-3 darajaga past bo‘ldi.
Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida sovuq qisqa muddatli bo‘lib, lekin harorat sezilarli darajada - meyordan 4-6 darajaga past bo‘ldi.
O‘rtacha oylik havo harorati iqlim meyoridan 5-7 darajaga, shimoli-g‘arbiy hududlarda 3-4 darajaga yuqori bo‘lishi qayd etildi.
O‘zbekiston hududining katta qismida (shimoli-g‘arbiy hududlardan tashqari) 2026 yil fevral oyi meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng iliq bo‘ldi.
Toshkent – 2026 yil fevral oyi
Oyning eng iliq kunlarida respublika hududining katta qismida kunduzi havo 22-27 daraja iliqqacha, shimolda va Farg‘ona vodiysida esa
19-21 daraja iliqqacha isidi. Fevral oyi uchun bunday yuqori harorat qiymatlari so‘nggi yillarda (2004, 2016 va 2021 y.y.) tez-tez kuzatildi.
19-20 fevralda ushbu kunlar uchun maksimal harorat qiymatlari deyarli hamma joylarda yopildi.
Minimal havo harorati faqat ayrim kechalarda 0-4 daraja sovuqqacha, respublika shimolida 8-13 daraja sovuqqacha, Ustyurtda 15-18 daraja sovuqqacha pasaydi. Markaziy va janubiy viloyatlarning qator tumanlarida havo harorati manfiy qiymatlargacha pasaymadi.
Bu o‘tgan fevral oyining ikkinchi o‘ziga xos xususiyatidir.
Ахир, hatto bu asrda ham shunday fevral oylari kuzatilganki
(2008, 2012, 2014 y.y.), bunda kechalari harorat 12-17 daraja sovuqqacha, shimolda 25-30 daraja sovuqqacha pasaygan.
O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik tez-tez yog‘di, shimoli-g‘arbiy hududlarda esa yog‘ingarchilik yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘ldi.
Hududning katta qismida oy uchun yog‘ingarchilik miqdori oylik meyor atrofida va undan kam bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik oylik meyor atrofida va undan ko‘p bo‘ldi.
5 fevral kuni Urganch hududida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bir kecha-kunduzda 48 mm (oylik meyordan 302%) ni tashkil etdi, bunda nafaqat fevral oyi uchun, balki butun yil uchun maksimal bir kecha-kunduzik yog‘ingarchilik miqdorining yangi rekordi o‘rnatildi.
Respublikaning tog‘li hududlarida oylik yog‘ingarchilik miqdori fevral oyi meyoridan ko‘p bo‘ldi. Kuchli yog‘ingarchilik bir necha bor qayd etildi va 20-40 mm ga yetdi, ba’zi joylarda bir kecha-kunduzda 50-55 mm gacha (oylik meyordan 25-50%) bo‘ldi. 12 fevral kuni Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida qor yog‘di, bir kecha-kunduzda yog‘ingarchilik miqdori
60-65 mm (oylik meyordan 75%) bo‘ldi. Shu kuni Qamchiq dovoni hududida 74 mm qor yog‘di, bu esa dovon orqali avtotransport vositalari harakatlanishini chekladi.
Chimyon tabiiy chegarasi hududida va Qamchiq dovonida qor ko‘chki hodisalari kuzatildi.
Yog‘ingarchilik miqdori sezilarli bo‘lishiga qaramay, oy oxiriga qor balandligi atigi meyordan 40-70% ni va faqat Toshkent viloyatining baland tog‘li hududlarida meyordan 100-130% ni tashkil etdi. Past tog‘li hududlarda qor qoplami qayd etilmadi. Bu esa tog‘larda yog‘ingarchilikning katta qismi yomg‘ir ko‘rinishida yog‘gani va yuqori harorat foni bilan izohlanadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchaydi, Nurota hududida (Navoiy viloyati) shamolning kuchayishi 27-30 m/s ga yetdi.
O‘zbekistonning qator hududlarida tuman hodisalari kuzatildi.
2025-2026-YILLARNING QISH MAVSUMI
2025-2026 yillarning qish mavsumi iliq bo‘ldi.
Qish mavsumining o‘rtacha harorati iqlim meyoridan 3-4 darajaga, respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida 1-2 darajaga yuqori bo‘ldi.
O‘zbekiston hududining katta qismida (shimoli-g‘arbiy hududlardan tashqari) 2025-2026 yillarning qish mavsumi meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng iliq qish fasllari reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Respublikada qishning uch oyi ham iliq bo‘lib (respublikaning eng chekka janubidan tashqari), bunda yanvar oyining o‘rtacha harorati iqlim meyoriga yaqin bo‘ldi.
Qishning eng iliq oyi fevral oyi bo‘lib, u qish mavsumining yuqori harorat ko‘rsatkichlariga eng katta hissa qo‘shdi.
Dekabr va yanvar oylarida hududimiz uchun qish oylarining o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iliq to‘lqinlar sovuq to‘lqinlar bilan o‘rin almashib turishi kuzatildi.
Eng sezilarli darajadagi sovuqlar yanvar oyining oxirida kuzatildi. Sovuqning eng yuqori cho‘qqisida kechalari havo harorati respublika hududining katta qismida 5-10 daraja sovuqqacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida
13-18 daraja sovuqqacha, Ustyurtda 21-24 daraja sovuqqacha pasaydi.
Eng iliq kunlar fevral oyining o‘rtalarida kuzatildi, bunda havo
22-27 daraja iliqqacha, shimolda va Farg‘ona vodiysida 19-21 daraja iliqqacha isidi.
2025-2026 yillarning qish mavsumi uchun yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan yuqori bo‘lib, meyordan 110-150% ni, shimoli-g‘arbiy hududlarda yog‘ingarchilik meyordan past bo‘lgan joylarda meyordan
170-260% ni tashkil etdi.
Ayniqsa, o‘tgan qish mavsumiga nisbatan sezilarli bo‘lib, bunda yog‘ingarchilik miqdori meyordan 40-70% ni tashkil etdi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa meyordan 40% dan kam bo‘ldi.
Dekabr oyi eng yomg‘ir ko‘p yog‘gan oy bo‘ldi. Ko‘pchilik viloyatlarda oylik yog‘ingarchilik miqdori meyordan 150-300% ni tashkil etdi.
So‘nggi 25 yil ichida Toshkent viloyatida, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining ayrim joylarida dekabr oyi yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘lgan oy bo‘ldi.
O‘tgan qishda yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida kuzatildi, ayrim kunlarda qorga aylandi. Respublikaning tekislik hududlarida qor qoplami faqat qisqa muddatlarga shakllanishi qayd etildi.
Tog‘larda yog‘ingarchilik asosan qor ko‘rinishida yog‘di, ammo yuqori harorat foni hisobiga qish mavsumi oxiriga qor zaxiralari meyordan
20% dan 70% gacha, Toshkent viloyatining baland tog‘larida meyordan 100-120% ni tashkil etdi.
