5-12-MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-03-03 10:25:00 / Ob-havo ma'lumotlari

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9-10 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-8 martda 0-5° iliq, 9-10 martda 3° sovuq-2° iliq, 11-12 martda 0-5° sovuq, kunduzi 5 va 8 martda 7-12° iliq, 6-7 martda 9-14° iliq, 10 va 11 martda 3-8° iliq, 12 martda 1-6° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5-6 va 10-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 7-9 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, faqat 6 va 12 martda 0-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 7-12° iliqdan 15-20° iliqqacha o‘zgarib turadi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 5-8 martda 0-5° iliq, 9-10 martda 3° sovuq-2° iliq, 11-12 martda 0-5° sovuq, kunduzi 5 va 8 martda 7-12° iliq, 6-7 martda 9-14° iliq, 10 va 11 martda 3-8° iliq, 12 martda 1-6° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5-7 va 10-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8-9 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 martda ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 va 11 martda 3-8° iliq, 8-10 martda 10-15° iliq, 12 martda 1-6° iliq bo‘ladi, kunduzi 7-12° iliqdan 15-20° iliqqacha o‘zgarib turadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5-6 va 10-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 7-9 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, faqat 9-10 martda 7-12° iliq bo‘ladi, kunduzi 10-15° iliqdan 20-25° iliqqacha o‘zgarib turadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5-7 va 10-11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8-9 va 12 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5-6 martda ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 martda 3-8° iliq, 11-12 martda 2-7° iliq bo‘ladi, kunduzi 7-12° iliqdan 15-20° iliqqacha o‘zgarib turadi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 5-6 martda ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. 5-6 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 5-6 martda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliqdan 2-7° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha bo‘ladi.
